O‘zbekiston | 14:35 / 25.05.2024
3012
2 daqiqa o‘qiladi

Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ‘ibot kuni etib belgilandi

Huquqiy targ‘ibot kunida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar beriladi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ‘ibot kuni etib belgilandi.

Huquqiy targ‘ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

➖Online-mahalla platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;
➖aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
➖kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YaIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.

Mavzuga oid