Jamiyat | 18:02 / 27.05.2024
7505
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi

U rashk sababli shu ishga qo‘l urgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolingan. Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning xabar berishicha, hodisa bugun, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.

1998 yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigi oldidagi quvurdan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan. Hodisaga rashk sabab bo‘lgan.

Hodisa joyiga darhol IIB PPX va FVB xodimlari yetib borgan. IIB xodimlari ayol bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borgach, u niyatidan qaytgan va PPX hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid