Rossiya ikki yilga FIDEdan chetlashtirildi
Rossiya shaxmat federatsiyasi Ukraina shaxmat federatsiyasi tomonidan egallab olingan hududlardagi shaxmat klublarining RShF tarkibiga kiritilgani haqidagi shikoyatidan so‘ng vaqtincha FIDE a’zoligidan mahrum etildi.
Rossiya shaxmat federatsiyasi (RShF) ikki yilga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) a’zoligidan mahrum etildi. Bunday qaror 8 iyun, shanbaga o‘tar kechasi xabar qilinganidek, FIDE axloq komissiyasi Ukraina shaxmat federatsiyasining Rossiya tuzilmasining Qrimdagi, shuningdek, Ukrainaga qarshi urush paytida egallab olingan hududlarda «faoliyati» haqidagi shikoyatidan keyin qabul qilingan.
Avvalroq RShF tarkibiga egallab olingan hududlar - Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari, shuningdek, Qrim klublari kiritilgandi. Ukraina shaxmat federatsiyasining ukrainalik grossmeyster Andrey Barishpolets va grossmeyster Magnus Karlsenning murabbiyi Xayne Nilsen tomonidan berilgan shikoyatida, shuningdek, RShF Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumiga aloqadorligi uchun xalqaro sanksiyalar ostida qolgan shaxslar bilan bog‘liqligi aytiladi.
FIDE Etika komissiyasining 60 kundan keyin kuchga kiradigan qarori to‘liq matni shaxmat mavzulariga ixtisoslashgan Perlenvombodensee nemis portali tomonidan chop etildi.
FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich hayfsan berildi
«Match-TV» telekanali o‘z saytida yozishicha, FIDE prezidenti rossiyalik Arkadiy Dvorkovich RShF vasiylik kengashidagi ishtiroki uchun hayfsan olgan. «Ma’lumki, janob Dvorkovich ko‘p yillar davomida prezident bilan yaqin aloqada bo‘lgan, bu haqiqatni u inkor etmaydi», — deyiladi FIDE Etika komissiyasi qarorida.
Rossiyaning RShF vaqtincha chetlatilganiga munosabati
«Kommersant» gazetasi ta’kidlashicha, FIDE qarorining amaliy oqibatlari haligacha noaniq: «Har qanday holatda ham, mahalliy shaxmatchilarga, avvalgidek, neytral maqomda musobaqalarda qatnashishni taqiqlash haqida gap ketmayapti».
RShF ijrochi direktori Aleksandr Tkachev TASS agentligiga bergan izohida, tuzilma FIDE qarori ustidan shikoyat qilmoqchi ekanligini aytdi. «Biz bu qarorga rozi emasmiz, advokatlarimiz ishlay boshladi, ular tayyorlanadi, biz yaqin orada o‘z qarshi dalillarimizni taqdim etamiz», deb ta’kidladi Tkachev. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya FIDE komissiyasining qarorini «adolatsiz» deb bilishini va bu qaror «yengib o‘tish mumkin bo‘lgan tushunmovchilik tufayli qabul qilinganini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024