O‘zbekiston | 22:25 / 08.06.2024
9374
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi eng gavjum aeroportlardan biri bo‘ldi
O‘zbekistonning bosh aeroportida hafta davomida mingdan ortiq parvoz amalga oshirildi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti o‘tgan haftada Markaziy Osiyoning eng gavjum aeroportlaridan biri bo‘ldi.
Aviation Statistics xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning bosh aeroportida hafta davomida mingdan ortiq parvoz amalga oshirilgan. Bu Markaziy Osiyodagi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda hafta davomida parvozlar soni bo‘yicha eng gavjum aeroportlar:
1390 – Olmaota (ALA, Qozog‘iston);
1029 – Toshkent (TAS, O‘zbekiston);
904 – Ostona (NQZ, Qozog‘iston);
491 – Bishkek (FRU, Qirg‘iziston);
321 – Ashxobod (ASB, Turkmaniston).
Mavzuga oid
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024