Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorini voyaga yetmagan o‘g‘li orqali sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro N.S. voyaga yetmagan o‘g‘li H.B. orqali Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” MFY hududida fuqaro D.A.ga jami 200 dona Amino methyl nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, N.S.ning yonidan jami 1801 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:30
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024