Jamiyat | 17:21 / 13.06.2024
5719
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda “Damas” haydovchisi halok bo‘ldi

Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Kobalt” bilan to‘qnashgan va butunlay pachaq bo‘lib, yo‘lni ajratib turuvchi to‘siq ustiga chiqib qolgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida “Kobalt” bilan to‘qnashgan “Damas” haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 13 iyun kuni soat 6:30 larda, M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismida Toshkent-Samarqand yo‘nalishida ketayotgan “Damas” qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Kobalt” bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga olib borishda vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda “Damas” mashinasi butunlay pachaq bo‘lgan holda yo‘lni ajratuvchi to‘siq ustiga chiqib qolganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid