Jahon | 14:04 / 24.06.2024
4902
3 daqiqa o‘qiladi

YeI Vengriyaning Ukraina bo‘yicha vetosini chetlab o‘tish yo‘lini ishlab chiqdi

Bryussel Budapeshtning Rossiya Federatsiyasi muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun foydalanish bo‘yicha vetosini chetlab o‘tish yo‘lini topdi, dedi Jozep Borrel Financial Times nashriga.

Jozep Borrel Foto: Getty images

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan mablag‘lari hisobidan Ukraina uchun qurol sotib olish bo‘yicha Vengriyaning vetosini chetlab o‘tish imkonini beruvchi qonuniy variantni ishlab chiqdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 24 iyun, dushanba kuni chop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi

Rossiya mablag‘laridan olingan foydani ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak 

Vaqtinchalik yechim «har qanday qonuniy yechim kabi murakkab, ammo u ishlaydi», dedi Borrel. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam Vengriya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydani saqlab qolish bo‘yicha dastlabki kelishuvdan bosh tortgani va shu sababli «bu puldan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etmasligi» sabab zarur bo‘lgan. 

Bu qaror «Katta yettilik» davlatlariga dekabr oyigacha Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida kredit ajratishga imkon berishi mumkin, ushbu qarz kelajakdagi daromadlardan to‘lanishi kerak, deb yozadi Financial Times iyun oyi boshida Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida qabul qilingan qarorga tayanib. 

«Huquqiy bo‘shliq» YeI kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi 

Huquqiy yechim Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari tomonidan 24 iyun kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda muhokama qilinadi. 

2024 yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qiladigan Vengriya YeIning Ukrainaga harbiy yordam berishiga qarshi. Bundan tashqari, Budapesht Ukrainaga tarkibiga har biri 500 million yevrodan iborat Yevropa tinchlik jamg‘armasi (YeTJ) uchta transhi kiruvchi 6,5 milliard yevro, shuningdek, yaqinda YeTJ doirasida tashkil etilgan Ukrainaga yangi yordam fondidan 5 milliard yevroni o‘z ichiga olgan harbiy yordam ajratishga to‘sqinlik qilmoqda. Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun qurol sotib olish maqsadida sanksiyalar doirasida muzlatilgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki aktivlaridan olingan foydani ishlatish masalasi hali so‘roq ostida turibdi.

Mavzuga oid