O‘zbekiston | 08:56 / 29.06.2024
6437
1 daqiqa o‘qiladi
Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi
Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli qator ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab qator ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:
Ular:
- Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanish;
- Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib borish. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
- imkon qadar olomondan qochish va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklash.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi aloqa raqamlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397. Elektron manzil: il.uzembassy@mfa.uz
Mavzuga oid
22:04
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024