Maldivda vazir prezidentni sehrlashda gumonlanib qo‘lga olindi
Maldiv orollarida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri mamlakat prezidenti Muhammad Muizzni sehrlamoqchi bo‘lganlikda gumonlanib ushlandi.
Vazir Fatimat Shamnoz Ali Salim bilan yana ikki kishi prezident bilan munosabatlarda sehr ishlatishda gumonlanib ushlangan. Bu haqda The Stait Times xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, atrof muhitni muhofaza qilish vaziri va yana ikki gumonlanuvchi 23 iyun kuni Maldiv poytaxti Maleda qo‘lga olindi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ishning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
South China Morning Post nashriga ko‘ra, Maldivda boshqa biror kishini bo‘ysundirish uchun sehr qilish amaliyoti keng tarqalgan. Sehrdan siyosatda ham foydalanishadi. Xususan, 2013 yilda Maldiv muholifatini mahallik hukumat va politsiyaga qarshi sehr qo‘llashda ayblashgan.
Maldiv qonunchiligida sehr ishlatilganligi uchun jazo belgilanmagan. Biroq mavjud shariat qonunlari bo‘yicha sehrgar va jodugarlar olti oygacha qamoqqa olinishi mumkin.
Mavzuga oid
21:19 / 10.06.2024
Tojikistonda sehrgarlik yo‘li bilan firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
21:27 / 23.10.2023
Maldivning yangi prezidenti orollardan Hindiston qo‘shinini chiqarib yuborishga va’da berdi
23:04 / 19.05.2021