Yunusobodda suv quvuridagi avariya sabab ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi
Avtobuslar harakatida ham vaqtincha kechikishlar bo‘lishi ma’lum qilindi.
Poytaxtning Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalarida suv quvuri yorilib toshganligi sabab avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘chalarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Shuningdek, shu ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.
Avvalroq tumandagi d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida avariya yuz bergani, buning oqibatida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar berilgandi.
“O‘zsuvta’minot”ning ma’lum qilishicha, ayni damda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024