O‘zbekistonga o‘tgan 6 oyda qancha sayyoh kelgani ma’lum qilindi
Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda kelgan.
2024 yilning 6 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha bo‘lgan:
· Qirg‘iz Respublikasi – 1 057,4 ming nafar;
· Tojikiston – 1 046,2 ming nafar;
· Qozog‘iston – 668,4 ming nafar;
· Rossiya – 364,5 ming nafar;
· Turkmaniston – 67,2 ming nafar;
· Turkiya – 51,9 ming nafar;
· Xitoy – 28,7 ming nafar;
· Hindiston – 28,2 ming nafar;
· Janubiy Koreya – 19,6 ming nafar;
· Italiya – 17,7 ming nafar;
· Boshqa davlatlar – 181 ming nafar.
Mavzuga oid
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
15:51 / 31.08.2024
2024 yil yetti oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani ma’lum qilindi
22:16 / 30.08.2024