745 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Jizzax viloyatida 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.
Unda, ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, L.M. hamda U.S. fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
15:00 / 07.09.2024