O‘zbekiston | 16:59 / 05.08.2024
11238
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yumshoq penal va o‘rgimchak odamli ryukzaklar: o‘zbekistonliklar o‘quv yili arafasida qanday tovarlarni tanlashmoqda?

Uzum Market tahlilchilari milliy marketpleysda maktab uchun tovarlarga bo‘lgan talabni tahlil qildilar.

Foto: Uzum Market

Maktab mavsumi uchun ota-onalar oldindan tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydilar. Shu bilan birga, o‘zbekistonliklar maktab uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlarni onlayndan tobora ko‘proq xarid qilmoqdalar — iyul oyida Uzum Market'da kanselyariya buyumlariga bo‘lgan talab yillik taqqoslashda 25 foizga oshdi. Iyul oyida ryukzaklarga bo‘lgan talab 51 foizga, daftarlar, kundaliklar, chizish uchun albomlarga bo‘lgan talab 57 foizga oshdi va penallar savdosi esa undan-da tezroq o‘smoqda — o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravarga.

Bolani maktabga tayyorlashda ota-onalar eng foydali takliflarni afzal ko‘rishadi. Shunday qilib, Uzum Market'da ryukzaklar orasida sotuvlarning mutlaq xiti o‘rnini to‘plam egalladi — unda ryukzakning o‘zi, shuningdek, shopper va ikki o‘lchamdagi penallar bor.

Yosh o‘quvchilar uchun sevimli multfilm qahramonlari bo‘lgan sumkalar va ryukzaklar tanlanmoqda. Eng mashhurlari o‘rgimchak odam, Betmen, Garri Potter, Roblox, Among US o‘yinining qahramonlari, shuningdek Hello Kitty tasvirlari bo‘lgan sumkalar bo‘ldi. Katta yoshdagi o‘quvchilar uchun ular bir tusdagi, brelok va gadjetlarni zaryadlab olishi uchun USB ulash mumkin joylari bo‘lgan ryukzakni tanlaydilar.

Penallar orasida ko‘pincha bir nechta bo‘limlari bo‘lgan kengrog‘ini tanlashadi. Bu yil qizlar orasida yoqimli naqshli yumshoq penallar juda mashhur, o‘g‘il bolalar esa sevimli sport turlari bilan qalam qutilarini tanlashmoqda.

Kanselyariya mollari va ryukzaklardan tashqari, ota-onalar maktab formasiga ham onlayn buyurtma berishmoqda. Marketpleyslar bir nechta o‘lchamlarga buyurtma berish, kiyib ko‘rish va tarqatish punktida mos keladiganini olib qolish imkonini beradi. Shunday qilib, iyul oyida Uzum Market'da maktab formasiga talab o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi.

— Butun mamlakat bo‘ylab ota-onalar Uzum Market maktabga tayyorgarlik ko‘rishi uchun tobora ommalashib borayotgan platformaga aylanib bormoqda, masalan, Rishton, Nurafshon va Guliston shaharlari maktab o‘quvchilari uchun tovarlarga bo‘lgan talabning o‘sish tempi bo‘yicha yetakchilar bo‘ldi, — deydi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov. — Ota-onalar uchun platformani tanlashda nafaqat arzon narxlar va tanlovning kengligi, balki Uzum Nasiya orqali muddatli to‘lov imkoniyati ham muhim bo‘lib qolmoqda, bu ayniqsa bir vaqtning o‘zida bir nechta farzandi maktabda o‘qiydigan oilalar uchun ayni muddao bo‘ladi.

O‘quv yili arafasida milliy marketpleysda "Maktab bozori" katta savdosi boshlandi. Unda forma, ryukzak, o‘qish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga 70% gacha chegirmalar bilan sotuvlar boshlandi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: xaridlar chek-listi

Tayyorgarlik jarayonini iloji boricha yengil o‘tishi uchun Uzum Market o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalar: kanselyariya tovarlaridan tortib kiyim-kechak va aksessuarlargacha unumli narxlarda chek-listni tayyorladi.

Kerakli tovarlar ro‘yxati o‘quvchining yoshiga va ba’zan maktabga qarab farq qilishi mumkin.

O‘quv qurollari

1. Ryukzak

2. Penal

3. Daftarlar (chiziq va katakchada)

4. Kundalik

5. Daftarlar va darsliklar uchun muqovalar

6. Qog‘oz papkalari

7. Ruchkalar (ko‘k, yashil, qizil)

8. Qalamlar (oddiy va rangli)

9. O‘chirg‘ich

10. Qalam ochadigan asbob

11. Chizg‘ich

12. Rangli flomaster yoki markerlar

13. Qaychi

14. Yelim

15. Kitoblar uchun xatcho‘plar

16. Eslatmalar uchun stikerlar va bloknotlar

Kiyim va poyafzal

1. Maktab formasi

2. Sport formasi va poyafzal

 Shaxsiy buyumlar

1. Suv shishasi

2. Lanchboks

3. Qo‘l uchun antiseptik

Qo‘shimcha

1. Badiiy adabiyot

2. Husnixat uchun mashqlar (boshlang‘ich maktab uchun)

Mavzuga oid