Jamiyat | 19:00 / 16.10.2024
4614
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mamlakatning 30 ta eng yirik shaharlari bo‘yicha havo sifati ma’lumotlari endi onlayn rejimida mavjud

Uzum milliy raqamli ekotizimi "Havodek zarur" loyihasining birinchi bosqichini yakunladi: IQAir havo sifati monitoringini o‘lchash uskunalari mamlakatning 30 ta yirik shaharlaridagi Uzum Market topshirish punktlarida o‘rnatildi.

Foto: Uzum Market

O‘lchagichlar Nukus, Andijon, Asaka, Xonobod, Buxoro, Kogon, Jizzax, Qarshi, Shahrisabz, Zarafshon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Guliston, Olmaliq, Angren, G‘azalkent, Piskent, Chirchiq, Yangiyo‘l, Qo‘qon, Farg‘ona, Urganch, Xiva, Toshkent shaharlarida o‘rnatilgan. Kelgusida Uzum o‘lchagichlar sonini ko‘paytirish va o‘rnatish geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Har bir o‘lchagich tomonidan to‘plangan ma’lumotlar real vaqt rejimida IQAir saytida mavjud.

Butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish orqali biz millionlab insonlarning maishiy muammolarini hal qilish va o‘z biznesini rivojlantirishda yordam bermoqdamiz. Eng muhimi biz xayriya loyihalari, ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun platforma yaratmoqdamiz, mamlakat kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Jamoa bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab daraxtlar ekdik, paketlarimizni qayta ishlashni yo‘lga qo‘ydik va 40 ming tonnadan ortiq plastmassani utilizatsiya qilish uchun topshirdik. Va albatta, eng muhimi — atrof-muhit musaffoligini saqlash uchun infratuzilma va resurslarimizni berishga tayyormiz, — deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Bahorda mamlakat bo‘ylab Uzum milliy raqamli ekotizimi xodimlari hasharga chiqib, mamlakatning 20 ta shahrida daraxtlar ekishdi. Daraxtlarning koordinatalari Ekologiya vazirligiga ma’lumotlarni "Yashil makon" umummilliy platformasiga kiritish uchun topshirildi — shunday qilib daraxtlarning holatini nafaqat Uzum xodimlari, balki munitsipal xizmatlar ham kuzatib borishi mumkin.

Avvalroq Uzum milliy raqamli ekotizimi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati havo sifati monitoringi sohasida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olgan edi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid