Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshida vafot etdi
Ispaniyalik Mariya Branyas Morera fuqarolik urushi va ispan grippini boshdan o‘tkazgan bo‘lib, oxirgi 20 yildan beri qariyalar uyida yashab kelayotgan edi.
Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilgan ispaniyalik Mariya Branyas Morera 117 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Marhumaning qarindoshlarini aytishicha, Moreraning joni uyqudalik paytida uzilgan. U oxirgi 20 yildan beri qariyalar uyida yashab kelayotgan, shu yilning mart oyida o‘zining 117 yoshnini nishonlagan edi. O‘limidan oldin ayol o‘zida xolsizlikni sezayotganini aytgan. «Vaqt yaqinlashib qoldi. Yig‘lamanglar, men ko‘z yoshlarni yaxshi ko‘rmayman. Va, eng avvalo, meni deb azob chekmanlar», — degan ayol.
Mariya Branyas Morera 1907 yilning 4 mart sanasida San-Fransiskoda dunyoga kelgan, biroq sakkiz yoshida oilasi bilan Kataloniyaga ko‘chib kelgan va butun umr shu yerda qolgn. U ispan grippi, Ispaniyada fuqarolar urushini boshdan o‘tkazgan.
Morera Joan Morera ismli shifokorga turmushga chiqib, undan uch farzandni dunyoga keltirgan. 1976 yilda beva qolgan, keyinroq esa farzandlarining biridan ayrilgan — yagona o‘g‘li Avgusta vafot etgan. 2023 yilning yanvarida Ginnesning rekordlar kitobi Morerani dunyodagi eng keksa ayol sifatida tan olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ikkita jahon urushi va pandemiyadan omon chiqqan dunyodagi eng keksa inson — fransiyalik Lyusil Randon 2023 yil yanvarda 118 yoshida vafot etgandi.
Mavzuga oid
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024