«Rossiya Ozarboyjon orqali yangi bozorlarga gaz yetkazib bermoqchi» - eskpert Putinning Bokuga tashrifi haqida
Ekspert fikricha, bu tashrif faqat Rossiya va Ozarboyjon aloqalari bilan cheklanmaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarboyjonda bo‘ldi. Rossiya rahbarining safari Kursk oblastida harbiy harakatlar ketayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi.
Bokuga ikki kunlik tashrif davomida Vladimir Putin va Ilhom Aliyev ittifoqchilik munosabatlari, strategik sheriklik aloqalarini muhokama qildi. Safarning qator maqsadlari bor. Avvalo, urush tufayli g‘arb tomonidan ihotalangan Rossiya tomoni buni iloji boricha ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda.
Kun.uz ushbu tashrifning maqsadlari bo‘yicha siyosatshunos ekspert Anton Dudaryonok bilan gaplashdi. Uning fikricha, tashrif faqat Rossiya va Ozarboyjon aloqalariga bog‘liq emas.
«Rossiya va Ozarboyjon munosabatlari Rossiya-Ukraina mojarosi ortidan o‘zgargani yo‘q. Chunki Moskva va Boku pragmatik tashqi siyosat tarafdori, ikki davlat ham aloqalari yomonlashishini emas, yaxshilanishini istaydi. Milliy manfaatlar shuni taqozo qiladi.
Tashrifni ko‘proq umumiy baholash kerak, boshqa tomondan emas. Putin Ozarboyjonga o‘tgan ikki yil hisobidan birinchi marta borayotgan bo‘lishi mumkin, lekin rahbarlar doimiy muloqotda bo‘lgan.
Prezident Putin tashrifining birinchi maqsadi – energetika va energoresurslar bo‘yicha hamkorlik masalasi. Ikkinchisi – xalqaro transport koridorlari mavzusi. Shu yil oxirida «Gazprom» tuzgan shartnoma, ya’ni Ukraina hududidan gazni Yevropaga yetkazib berish shartnomasi muddati to‘liq tugaydi. Shunday sharoitda Rossiya gazini Eronga yetkazib bermoqchi, aynan Ozarboyjon orqali. Yana bir variant esa Rossiya gazini Markaziy Osiyoga yetkazib beradi, bunda ham Ozarboyjon orqali eksport mo‘ljallanyapti», deydi Belarus Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Anton Dudaryonok.
Mediada Putinning Ozarbayjonga safari Kursk oblastidagi vaziyatga bog‘liq ekani xususida xabarlar tarqaldi. Biroq, siyosatshunos fikricha, tashrif avvaldan rejalangan bo‘lgan. «Oliy darajadagi muloqotlarni tashkillash ko‘p vaqt oladi, bir necha soat yoki kunda buni qilish imkonsiz», deydi u.
Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, Moskva yana Ozarboyjon va Armaniston orasiga tushishni ham ko‘zlamoqda. Masalan, Ria Novosti Kremlga tayanib, Rossiya tomoni Ozarboyjon va Armaniston munosabatlarini normallashtirishga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyorligi haqida yozgan. Gap shundaki, so‘nggi oylarda ikki davlat tinchlik shartnomasini tuzish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borib, uni imzolashga tayyorligini bildirmoqda. Biroq, mana shu tinchlik bitimi loyihasidan Ozarboyjon va uning eksklavi Naxichevanni bog‘lovchi «Zangezur yo‘lagi» haqidagi band chiqarib tashlangan. Buning muhokamasi keyinga qoldirilgan. Boku va Moskva Ozarboyjon va Naxichevan o‘rtasidagi bu yo‘lak Rossiya nazoratida bo‘lishini istagan. Rossiyadan norozi Armaniston esa bunga qarshi chiqmoqda. Moskva va Yerevan o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin yuzaga keldi. Armaniston urush vaqtida Rossiya va KXShT unga yordam bermaganidan norozi bo‘ldi.
Shohrux Majidov suhbatlashdi.
Mavzuga oid
18:40
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
18:12
FT: «Oreshnik» G‘arb uskunalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarilmoqda
17:09
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36