Ukraina Kirov viloyatiga birinchi marta dron bilan hujum qildi
Kotelnich shahrida uchuvchisiz uchoq neft mahsulotlari solingan konteynerga hujum qildi. Baza xabariga ko‘ra, natijada rezervuarlardan biri yonib ketgan.
Kirov viloyatining Kotelnich shahrida uchuvchisiz uchoq neft mahsulotlari solingan konteynerga hujum qildi. Qurbonlar va yong‘in holati yo‘q, deb yozdi viloyat gubernatori Aleksandr Sokolov o‘zining Telegram-kanalida.
Baza nashrining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kotelnichdagi «Vyatka» kombinatidagi neft mahsulotlari saqlanadigan omborga uchuvchisiz uchoqlar hujum qilgan, u yerda uchta dron bo‘lgan va ulardan biri urilganidan keyin rezervuarlardan biri yonib ketgan. Bu rasman tasdiqlanmagan.
Ukraina tomoni bu xabarlarga hozircha izoh bermadi. Kotelnich Ukraina bilan chegaradan taxminan 1500 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kirov viloyatida hali hech qanday dron hujumlari qayd etilmagandi, biroq Ukraina uchuvchisiz uchoqlari avvalroq Rossiyaning Murmansk viloyati va Boshqirdistonni o‘z ichiga olgan olisroq hududlariga hujum qilgan.
Shu kuni Voronej viloyatida «portlovchi obektlar yaqiniga uchuvchisiz uchoq bo‘laklari tushganidan» keyin ikkita aholi punkti evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ukraina so‘nggi kunlarda Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024