O‘zbekiston elchisi Fransiya TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Nodir G‘aniyev Fransiya davlat protokoli rahbari o‘rinbosari Metyu Karmonaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvaliga oid masalalar muhokama qilindi.
Fransiya davlat protokoli rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston elchisiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Nodir G‘aniyev oldin muvaqqat ishlar vakili, so‘ngra 2023 yil oktyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan. U 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan va Hindistondagi elchi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:08 / 09.01.2025
G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19:52 / 08.01.2025
Fransiya Yevrokomissiyani Ilon Maskka qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
23:06 / 06.01.2025
Makron Ilon Maskni Germaniyadagi saylovlarga aralashishda aybladi
20:51 / 06.01.2025