Germaniya Rossiyaning tinchlik muzokaralariga tayyorligiga shubha qilmoqda
Germaniya hukumati Rossiya rahbariyatining Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga konstruktiv kirishishga tayyorligi bo‘yicha hech qanday alomat ko‘rmayapti. Shu bilan birga, butun dunyo urush tugashini istashi aniq, deya ma’lum qildi Berlin.
Germaniya kansleri Olaf Sholsning Ukrainada tinchlik jarayonini boshlashni tezlashtirish zarurligi haqidagi bayonotlariga qaramay, Germaniya hukumati Kreml diplomatik kelishuvga tayyorligiga shubha qilmoqda. 9 sentabr, dushanba kuni Berlinda Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt Rossiya rahbariyati Ukrainaga qarshi urush haqidagi so‘nggi bayonotlari «uning konstruktiv tarzda tinchlik muzokaralariga kirishishga tayyorligi haqidagi taassurot qoldirmaydi», dedi.
Shu bilan birga, kansler, agar hozirda uni «o‘rinli» deb hisoblasa, «hech ikkilanmasdan, Rossiya prezidenti bilan ushbu masala bo‘yicha telefon orqali gaplashadi», deya qo‘shimcha qildi Xebeshtrayt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin «keyingi tinchlik konferensiyasi» sanasini hozircha ayta olmaydi, bu «shoshilinch» qadam bo‘lgan bo‘lardi. «Biroq, butun dunyo bu urushni imkon qadar tezroq tugatish zarur deb hisoblayotgani aniq», - deya ta’kidladi Shteffen Xebeshtrayt.
Shols - Ukrainada tinchlik jarayoniga o‘tishni tezlashtirish tarafdori
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainada tinchlik jarayoniga o‘tish jarayonini tezlashtirish tarafdori ekanini aytdi. Vazirlar mahkamasi rahbari bu pozitsiyani ZDF nashriga yozgi katta intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalarni kanal 8 sentabr kuni o‘z veb-saytiga joylashtirdi.
«O‘ylaymanki, hozir qanday qilib biz bu harbiy vaziyatdan tezda chiqib, tinchlikka erishishimiz mumkinligini muhokama qilish vaqti keldi», deb ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.
Shols Rossiyaning ikkinchi «tinchlik sammiti»da ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning birinchisi iyun oyida Shveytsariyaning Byurgenshtok kurortida bo‘lib o‘tdi. Kansler so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning hozir bo‘lishi zarurligi masalasida Berlin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy pozitsiyasiga qo‘shiladi. «Albatta, yana bir tinchlik konferensiyasi bo‘ladi», dedi u, ammo aniq sanalarni ko‘rsatmadi.
Mavzuga oid
21:31
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
21:37 / 31.10.2024
Germaniyada Eronning barcha bosh konsulliklari yopiladi
15:50 / 31.10.2024