Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda
Mamlakatda asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishi oqibatida asal narxi ko‘tarilib ketgan.
Rossiyada asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishi oqibatida asal narxi qimmatlashmoqda. Bu fermerlar tomonidan ishlatiladigan pestitsidlar bilan bog‘liq, dedi Rossiya asalarichilar uyushmasi raisi Valeriy Kapunin.
«O‘limning birinchi sababi, albatta, asalarilar va butun atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan pestitsidlardir. Fermerlar bugungi kunda pestitsidlardan nazoratsiz foydalanmoqda», dedi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal qilish uchun O‘zbekistondan asalari keltirilyapti. Ammo janublik hasharotlar Rossiya sharoitiga moslashishda qiynalmoqda va ko‘pincha qishki sovuqda nobud bo‘lmoqda.
Asalarilarning yo‘qolib ketishi sabablaridan yana biri - asalarichilarning xatolari, ulardan kamchiligi maxsus kurslarda o‘qib, o‘z hunarini o‘rgangan, dedi Kapunin.
Qayd qilinishicha, Rossiyaning asosiy asal ishlab chiqaruvchi hududlarida asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishi fonida asal narxi 30-50 foizga oshib ketgan.
Mavzuga oid
15:30
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30
The Guardian: Rossiya armiyasi Ukrainaning Kursk oblastidagi rejalari haqida oldindan bilgan
14:10
Rossiyada «chet el agentlari»ni kadrlar zaxirasiga kiritish taqiqlandi
12:30