O‘zbekiston | 14:10
694
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Eron tashqi siyosat idorasi yangi rahbari bilan uchrashdi

Kun tartibidan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyot masalalari o‘rin oldi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida joriy yil avgust oyida Eron tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Sayyid Abbos Arakchi bilan uchrashdi.

"Sayyid Abbos Arakchi janoblarini yaqinda Eron tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. 

O‘zbekiston va Eron o‘zaro hamkorligini rivojlantirishda, ayniqsa, transport bog‘liqligini yaxshilash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mintaqaviy hamda xalqaro mavzularda katta imkoniyatlarga ega. 

Kun tartibidan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyot masalalari o‘rin oldi.

Mavzuga oid