Jahon | 16:48
3378
3 daqiqa o‘qiladi

«Helen» to‘foni AQShning olti shtatini qamrab oldi - fotosuratlar

Qurbonlar soni 100 ga yaqinlashgan.

AQSh bo‘ylab «Helen» dovuli ro‘y berdi. Oltita shtatda — Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya, Florida, Tennessi va Virjiniyada, — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 95 kishi halok bo‘lgan. Kamida ikki million kishi elektr energiyasisiz qolgan, daryolar qirg‘oqlariga toshib chiqqan, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgan, bu esa tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga birinchi galda zarur bo‘lgan buyumlarni yetkazib berishni qiyinlashtirmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda: «Helen»dan eng ko‘p jabr ko‘rgan birgina Shimoliy Karolinaning o‘zida favqulodda xizmatlar o‘z yaqinlari va qarindoshlari bilan bog‘lana olmayotgan odamlardan 1000 dan ortiq murojaat qabul qilgan. «Meduza» «Helen» dovuli oqibatlari aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.

Valdosta, Jorjiya. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu shtatda «Helen» dovuli vaqtida 17 kishi halok bo‘lgan. 2024 yil 28 sentabr
John Falchetto / AFP / Scanpix / LETA
Ashvill, Shimoliy Karolina. Bu shtat dovuldan eng ko‘p aziyat chekkan hudud bo‘lib turibdi, 36 kishi halok bo‘lgan. 2024 yil 27 sentabr
Billy Bowling / EPA / Scanpix / LETA
Madeyra-Bich, Florida shtati. Har yili vayronkor dovullar ro‘y beradigan Floridada «Helen» 11 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan. 2024 yil 28 sentabr. Luis Santana / Tampa Bay Times / AP / Scanpix / LETA
Luis Santana / Tampa Bay Times / AP / Scanpix / LETA
Horsshu-Bich, Florida shtati. 2024 yil 28 sentabr
Chandan Khanna / AFP / Scanpix / LETA
Ashvill, Shimoliy Karolina. 2024 yil 28 sentabr
Sean Rayford / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Kristal River, Florida shtati. 2024 yil 27 sentabr
Joe Raedle / Getty Images
Fletcher, Shimoliy Karolina. 2024 yil 29 sentabr
Sean Rayford / Getty Images
Kiton-Bich, Florida. 2024 yil 29 sentabr
Octavio Jones / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid