Jamiyat | 09:30
574
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2,2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar muomalaga kiritilishi oldi olindi 

Xususiy korxona mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzedagi noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti. 

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

“A.Ph.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzeda joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid