Jamiyat | 11:47
4154
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida to‘xtatilgan Damas yo‘lovchisi o‘qotar qurol olib ketayotgani aniqlandi 

Qurol hamda uning egasi surishtiruvni davom ettirish uchun Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan. 

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Qamchiq dovonidagi YPX maskanida to‘xtatilgan Damas’da noqonuniy o‘qotar miltiq borligi aniqlangan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 4 kuni qayd etilgan. 

“Namangan” YPX maskanida YHXX Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan Damas to‘xtatilganda, uning yo‘lovchisi, 33 yoshli M.M. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan pnevmatik miltiq olib ketilayotgani aniqlangan. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Aniqlangan qurol hamda fuqaro M.M. Pop tumani IIB xodimlariga surishtiruvni davom ettirish uchun topshirilgan.

Mavzuga oid