SSV: Tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli «Ishonch telefoni» faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
«Hurmatli yurtdoshlar! Agar Siz sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli «Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi va ma’lumotlar sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:
— vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram boti;
— vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi 1003 qisqa raqamli Sall-markaz;
— vazirlikning info@ssv.uz elektron pochta manzili.
«Unutmang! Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi», deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Mavzuga oid
22:02 / 22.10.2024
Ukraina bosh prokurori «soxta nogironlik» bilan bog‘liq holatlar uchun iste’foga chiqdi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
20:16 / 22.10.2024
Vazir “Dok-1 Maks”dan nogiron bo‘lib qolgan bolalarga yordam berilayotganini aytdi. Jabrlanuvchi ota vazirning gapini yolg‘on dedi
22:14 / 19.10.2024