O‘zbekiston | 09:00 / 17.10.2024
8080
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

BYD Samarkand'dan yangilik: Samarqandda yangi BYD Yuan UP modeli sotuvi boshlandi

16 oktyabr kuni CAEx ko‘rgazmalar majmuasida BYD Yuan UP krossoveri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bugungi kundan boshlab esa BYDʼning Samarqand shahridagi rasmiy dilerlik markazida yangi elektromobil sotuvi boshlandi.

Foto: BYD

Yuqori texnologik va qulay

BYD Yuan UP shahar elektromobillikning tarixida yangi bosqichni ochadi. Ushbu ixcham va aqlli krossoverning masofa zaxirasi 401 kmni tashkil etadi. Haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi model ikkita old va yon xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

Yuan UP noyob V2L (vehicle-to-load) funksiyasiga ega. Ushbu funksiya tashqi qurilmalarni zaryad qilish uchun avtomobilingiz akkumulyatoridan foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga yangi model 4 ta haydash rejimi, 12,8 dyuymli sensorli ekran, hashamatli panoramali tom va 16 dyuymli disklarga ega.

BYD Yuan UP “Hi, BYD” tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u haydovchi va avtomobil o‘rtasida aqlli o‘zaro aloqani ta’minlaydi va 4G bulutli xizmatini qo‘llab-quvvatlaydi. Musiqani sevuvchilar uchun 6 ta dinamikli audiotizim o‘rnatilgan.

Jozibali ko‘rinish

BYD Yuan UP dizayni Dragon Face konsepsiyasiga asoslangan. Elektromobilning dadil va shu bilan birga nafis tashqi ko‘rinishi odamlar e’tiborini o‘ziga tortadi va uni boshqalardan ajratib turadi.

Yuan UPʼning intereri kichik detallarigacha puxta o‘ylangan. Silliq chiziqlarga ega keng ichki makon o‘zining ajoyib ko‘rinishi bilan qulaylik va zavq bag‘ishlaydi.

Rasmiy BYDʼning afzalliklari

Rasmiy BYD avtomobillari O‘zbekistonning iqlim va yo‘l sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, rasmiy avtomobillar rasmiy xizmat ko‘rsatishga ega, shuningdek, rasmiy BYD Yuan Upʼga 6 yil yoki 150 000 km rasmiy kafolat va akkumulyatorga 8 yillik kafolat beriladi.

Avtomobilni BYD Samarqand (BENI Motors MChJ) dilerlik markazidan xarid qilib, mijozlarimiz O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan rasmiy BYD servis markazlarida xizmat ko‘rsatish uchun ham to‘liq kafolatga ega bo‘lishadi. Kafolat butun mamlakatimiz bo‘ylab amal qiladi.

BYD Yuan Up narxi 266 700 000 so‘mdan boshlanadi.

BENI Motors rasmiy dilerlik markaziga tashrif buyurib siz BYD Yuan Up elektromobilining barcha afzalliklari bilan tanishish va uni foydali shartlar asosida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumotni dilerning veb-saytida, axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilish orqali va to‘g‘ridan to‘g‘ri dilerlik markazida olishingiz mumkin.

Aloqa uchun: +998 55 702 88 88

Manzil: Samarqand shahri Oydin yo‘li ko‘chasi 15

Mo‘ljal: Samarqand aeroporti, sobiq avtovokzal

Website | Facebook | Instagram | Telegram

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid