“6 mingga yaqin o‘qituvchilar 10 million so‘m maosh olmoqda” – vazir Hilola Umarova
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgach, o‘qituvchining maoshini ming dollarga yetkazish haqida ko‘p gapirgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ko‘ra ayni paytda 6 mingga yaqin o‘qituvchilar 10 million so‘m maosh olishmoqda. Talablarimiz bir xil, deya qo‘shimcha qiladi Umarova.
Toshkentda parlament saylovi oldidan xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi o‘tkazilmoqda. Unda turli idora va vazirliklardan rasmiylar ishtirokida davra suhbatlari rejalangan. Tadbirlarda 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnashadi, deydi tashkilotchilar. Ta’lim transformatsiyasi haqidagi muloqotda qatnashgan vazir Umarova O‘zbekistonning ta’lim siyosati xususida tushuntirish berib o‘tdi. Maqsadimiz sifatli ta’lim, deydi u.
“O‘zbekiston aholisining 50% dan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi. Maktablarda esa 8,7 million nafar o‘quvchilar o‘qimoqda. Maktabgacha ta’lim qamrovi esa 75% ga yetdi”, - deydi hukumat a’zosi.
Hilola Umarova shuningdek, o‘qituvchilarning til bilish darajasi ortib borayotganini alohida e’tirof etdi. Vazirga ko‘ra, 4 yilda xorijiy tillarni bilish sertifikatiga ega ustozlar soni 1 700 nafardan 28 mingdan ortiqqa oshgan.
Spikerlar orasida xalqaro ta’lim tashkilotlari vakillari, ekspertlar ham bor. BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Ahmed al-Bastaki fikricha O‘zbekistonda hamma ta’lim haqida yaxshi gaplarni gapiradi. Lekin davlat tizimda eski texnologiyalardan foydalanmoqda, ularni biroz zamonga moslash kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilash lozim, deydi u .
- Siz O‘zbekiston ta’lim tizimi bo‘yicha biror nimani tahlil qildingizmi?
- “Ha, masalan, xalqaro imtihonlar kabi tizim qilishdi, bu ta’lim sifati uchun yaxshi. Bugun men o‘qituvchilar uchun treningda ham qatnashdim, bu bir institutda bo‘ldi. Fikrimcha, yaxshi ta’lim yaxshi o‘qituvchidan boshlanadi. O‘qituvchi sifatli bo‘lsa, ta’lim sifati ham oshadi”, - deydi Bastaki.
- Xo‘sh, qaysi real muammoni ko‘rsata olasiz?
- “Eski texnikalardan foydalanyapsizlar, ikkinchidan, hozir bor dasturni yangilash kerak deb o‘ylayman. Chunki dunyo ancha ilgarilab ketdi. Masalan, sun’iy intellekt haqida ham bosh qotirishingiz kerak. Chunki yosh avlod kelajak haqida ko‘proq bilishi kerak. Ular 10 yildan keyin nima qiladi, qayerda ishlaydi, degan savollarga javob topish kerak”, - deya qo‘shimcha qiladi BAA vakili.
Bugun O‘zbekistonda xususiy va davlat maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bor. Tan olish kerakki, ta’lim maktab turlariga ko‘ra farq qiladi. Bolalar bilimi va shuningdek, oilasi ijtimoiy holatidan kelib chiqib, maktabni tanlashi mumkin. Lekin ikkinchi tomonda bu tendensiyaning kuchayishi tabaqalanishni keltirib chiqarmaydimi? Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabovga ko‘ra, bu tabaqalanish emas. Chunki prezident va ixtisoslashgan maktablari uchun pul to‘lanmaydi.
Mavzuga oid
18:18 / 31.10.2024
Ozodbek Nazarbekov va Hilola Umarova vazirlikdan ketib, deputat bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
20:45 / 28.10.2024
Gurjistonda hukmron partiya yana g‘alaba qozondi: AQSh saylov natijalarini tekshirishga chaqirdi
12:18 / 29.08.2024
"Yangi maktab qurish bo‘yicha 11 taga yaqin loyiha ishlab chiqildi” – Hilola Umarova
00:59 / 29.08.2024