HAMAS Sinvarning vorisi kimligini yashirishga harakat qilmoqda - OAV
Manbalarning aytishicha, bunday choralar HAMAS Siyosiy byurosining yangi rahbarini Isroil tomonidan ehtimoliy ta’qiblardan himoya qilishi mumkin.
HAMAS Siyosiy byurosi rahbari lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida Muhammad Darvish, Xalil al-Hayya, Muhammad Nazzol va Xolid Mashal bor, deb yozdi Asharq Al Awsat o‘z manbasiga tayanib.
Nashrning ta’kidlashicha, HAMAS yangi yetakchining kimligini yashirishga harakat qilmoqda. Harakat vakillarining aksariyati uning lavozimga tayinlanganidan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan ismi sir tutilishi tarafdori.
Manbalarning aytishicha, bunday choralar HAMAS Siyosiy byurosining yangi rahbarini Isroil tomonidan ehtimoliy ta’qiblardan himoya qilishi mumkin. Harakat, shuningdek, muzokaralar qayta boshlangan taqdirda qarorlarni kim qabul qilishi borasida Isroil rasmiylarini chalg‘itmoqchi.
Isroil rasmiylarining bildirishicha, HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar 16 oktyabr kuni o‘ldirildi. U avgust oyida o‘zidan oldingi rahbar Ismoil Haniya o‘ldirilganidan keyin, uning o‘rniga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
08:56 / 01.11.2024
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
21:21 / 30.10.2024
«Hizbulloh»ning yangi rahbari Nasrullohning yo‘lini davom ettirishga va’da berdi
17:04 / 30.10.2024