Vetnamda armiya generali prezident etib saylandi
U 2024 yil may oyida prezident etib saylangan To Lamaning o‘rniga keldi. Avgust oyida To Lama Vetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi etib saylangandi.
Armiya generali Liong Kiong Vetnamning yangi prezidentiga aylandi. Uni mazkur lavozimga malakat parlamenti sayladi, deb xabar beradi Reuters.
U 2024 yil may oyida prezident etib saylangan To Lamaning o‘rniga keldi. Avgust oyida To Lama Vetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi etib saylangandi. Shunday qilib, u mamlakat siyosiy ierarxiyasida yuqori lavozimni egallab, prezidentlik lavozimini qoldirib ketdi.
67 yoshli Liong Kiongni qonun chiqaruvchilar yig‘ilishida ishtirok etgan barcha — 440 kishi qo‘llab-quvvatlagan. Inauguratsiya marosimida u mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash — «zamonaviy va mohir, yaxshi tayyorlangan, inqilobiy armiyani» yaratishga va’da berdi. Shuningdek, Kiong ko‘p tomonlama tashqi siyosat olib borishini bildirdi.
«Kiongning prezident etib saylanishi beqarorlik davridan keyin «tizimni tartibga keltirish yo‘lidagi qadam» bo‘ldi. Bu orqali harbiylar va kuch tuzilmalari o‘rtasidagi muvozanatni qayta tiklash maqsad qilingan», — deyiladi xabarda.
Kiong 1957 yil 15 avgustda Vetnam shimolidagi Futxo provinsiyasida tug‘ilgan. Partiya va davlat boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. 1975 yilda armiyada xizmatini boshlagan. O‘tgan yillar davomida u siyosiy komissari lavozimlarida ishlagan va general darajasigacha ko‘tarilgan (2019 yilda).
Mavzuga oid
00:24 / 04.10.2024
Vetnamdagi hayvonot bog‘ida o‘nlab yo‘lbarslar parranda grippi tufayli nobud bo‘ldi
22:51 / 15.09.2024
Vetnamda «Yagi» supertayfuni yetkazgan zarar 1,6 mlrd dollarga baholandi
00:25 / 12.09.2024
Vetnamda «Yagi» supertayfuni oqibatida 300 kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi
20:44 / 09.09.2024