Jahon | 10:00 / 22.10.2024
1777
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Livanni o‘qqa tutishi oqibatida bir oilaning olti a’zosi halok bo‘ldi

Hujum nishoni Baalbek shahridagi uy bo‘ldi, barcha qurbonlar ayollar va bolalar edi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasi Livan sharqidagi Baalbek shahridagi turar joy binosiga hujum qildi: bir oilaning olti a’zosi – ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Livan rasmiy axborot agentligi NNA ma’lumotlariga ko‘ra, Ali Abdu Usmon oilasining aholi zich joylashgan Nebi Enam mahallasidagi uyiga erta tongda UUA hujum qilgan.

Otishma natijasida yaqin atrofdagi uylar vayron bo‘lgan, mahallaning sakkiz nafar fuqarosi jarohatlangan.

Shuningdek, kechqurun Isroil armiyasi Baalbekdagi Al-Vasat savdo hududidagi binoni nishonga olib, binolar, do‘konlar va idoralarga katta zarar yetkazgani xabar qilingan.

Isroil havo kuchlari Baalbekdagi Xazin qishlog‘iga ham zarbalar berdi;

Mavzuga oid