OAV: Isroil Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda
Isroil xavfsizlik bo‘yicha vazirlar mahkamasining yig‘ilishida bosh vazir va mudofaa vaziriga hujum qachon va qanday amalga oshirilishini hal qilish vakolati berilishi kutilmoqda.
Tel-Aviv rasmiylari 1 oktyabrdagi raketa zarbasiga javoban Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda. Bu haqda isroillik rasmiy vakilga tayanib, KAN davlat televideniyesi xabar berdi.
Shuningdek, tayyorgarlik Eronning ehtimoliy javobiga qarab mudofaa tizimlarini kuchaytirishni ham o‘z ichiga olgani qayd etilgan.
Isroil xavfsizlik bo‘yicha vazirlar mahkamasining yig‘ilishida bosh vazir Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallantga hujum qachon va qanday sodir bo‘lishini hal qilish vakolati berilishi kutilmoqda.
Eron 1 oktyabr kuni Isroilga raketa hujumi uyushtirdi va Tel-Aviv rasmiylari hujumga javob berilishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:56 / 01.11.2024
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
21:37 / 31.10.2024
Germaniyada Eronning barcha bosh konsulliklari yopiladi
15:50 / 31.10.2024
Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi
09:20 / 31.10.2024