Jahon | 11:10 / 23.10.2024
1442
2 daqiqa o‘qiladi

Falastinning BMTdagi doimiy vakili: G‘azo shimoli aholisiga ommaviy qirg‘in xavf solyapti

Riyod Mansur BMT Xavfsizlik kengashini Falastin eksklavidagi tinch aholini himoya qilishga chaqirdi.

Foto: Anadolu Agency

Blokada qilingan G‘azo sektorining shimolida 470 mingdan ortiq falastinliklar yaqin orada qirg‘inga duchor bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyod Mansurning BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi raisi Filemon Yangga va BMT Xavfsizlik Kengashiga bu oy raislik qilayotgan Shveytsariyaga yo‘llagan maktubida aytiladi, deb xabar beradi Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA.

Mansur Isroil kuchlarining G‘azo sektorida butun dunyo jamoatchiligi ko‘z o‘ngida genotsid sodir etayotganiga e’tibor qaratdi.

Diplomatning eslatishicha, Isroil bir necha hafta davomida eksklav shimoliy hududlari aholisini oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlardan mahrum qilmoqda.

Kasalxonalar tizimli ravishda nishonga olinmoqda, tinch aholi tegishli tibbiy yordam olish imkoniyatidan mahrum, falastinliklar esa xavfsiz joylar yo‘qligiga qaramay, G‘azo sektorining janubiga ko‘chishga majbur bo‘lmoqda, deya e’tibor qaratdi Mansur.

Mavzuga oid