Jahon | 11:50 / 26.10.2024
539
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: 2023 yilda mojarolarda halok bo‘lgan tinch aholi orasida ayollar ulushi ikki baravar ko‘paydi

O‘lim darajasining ortib borayotgani xalqaro huquqqa ochiqdan ochiq e’tiborsizlik fonida yuz bermoqda - «BMT-Ayollar».

Foto: AP

Qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan ayollar ulushi o‘tgan yili 2022 yilga nisbatan ikki baravar oshdi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti («BMT-Ayollar»)ning «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» deb nomlangan so‘nggi hisobotida aytiladi.

Hisobot mualliflari urushlar va mojarolar ayollar va bolalarga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratdi. «2023 yilda qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan ayollar soni 2022 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paydi. To‘qnashuvlarda halok bo‘lganlarning o‘n nafaridan to‘rt nafari ayollardir», — deyiladi hisobotda.

O‘lim va zo‘ravonlik ko‘rsatkichlarining o‘sishi ayollar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan xalqaro qonunlarga tobora ko‘proq e’tibor bermaslik fonida sodir bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi «BMT-Ayollar» tuzilmasi.

Hujjatlashtirilgan o‘limlarning aksariyati — 70 foizi — bosib olingan Falastin hududi va Isroilda sodir bo‘lgan. To‘qnashuv 2023 yilda tinch aholi uchun eng halokatli bo‘ldi.

Mavzuga oid