Jahon | 09:50 / 26.10.2024
3865
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: RF bir necha kun ichida KXDR qo‘shinlaridan foydalanishni boshlaydi

Ukraina prezidenti razvedka ma’lumotlariga tayanib, Shimoliy Koreya askarlari 27-28 oktyabr kunlari jang maydonida paydo bo‘lishini aytdi. U G‘arb davlatlarini Moskva va Pxenyanga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Foto: Russian Defence Ministry/dpa/picture alliance

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Shimoliy Koreya askarlarini Ukrainaga qarshi urushga jalb qilishi haqida aytib o‘tdi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ular jangovar zonada 27 va 28 oktyabr kunlari paydo bo‘ladi, deb yozdi u Telegramʼda 25 oktyabr, juma kuni. U G‘arb ittifoqchilarini Moskva va Pxenyan hukumatlariga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 25 oktyabr kuni mamlakati va Shimoliy Koreya kerak bo‘lganda harbiy yordam ko‘rsatishga qaror qilishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

GUR: Kursk oblastiga KXDRdan dastlabki harbiylar yetib keldi

24 oktyabr kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xabariga ko‘ra, avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan KXDRning dastlabki harbiy bo‘linmalari Kursk oblastiga yetib keldi.

Bir kun avval jangovar zonada KXDR askarini ko‘rishgan. Ularning mashg‘ulotlari Rossiya sharqida joylashgan beshta harbiy poligonda bo‘lib o‘tdi: Ussuriyskdagi «Baranovskiy», «Donguz» (Ulan-Ude), «Yekaterinoslavskiy» (Yekaterinoslavka), 248- («Knyaz-Volkonskiy») va 249-poligonda (Sergeyevka)», deydi GUR.

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uch general Rossiyaga o‘tkazilgan. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunusbek Yevkurov ularni tayyorlash va moslashtirish uchun mas’ul etib tayinlandi, deb yozadi Bosh razvedka boshqarmasi.

Mavzuga oid