O‘zbekiston | 12:50 / 29.10.2024
1691
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Ildiz" platformasi tashkil etildi

O‘zbekiston elchixonasida AQShda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandosh yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda Jorjtaun universiteti, Jorj Vashington universiteti, Pensilvaniya shtati universiteti talabalari, Xalqaro valuta jamg‘armasi xodimi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili va AQShda biznes bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar qatnashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va AQSh munosabatlarning hozirgi holati, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari, yoshlarni va AQShdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yaqinda tashkil etilgan "Ildiz" platformasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Alohida e’tibor O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovlariga qaratildi. 

O‘zbekiston yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va ularning faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida yoshlar orasida axborot almashish platformasini yaratish, Lean Startup tadbirkorlik kurslarini tashkil etish, AQShga kelayotgan yoshlar uchun maxsus qo‘llanma (handbook) yaratish va boshqa tashabbuslar ilgari surildi.

Muloqot yakunida bildirilgan amaliy takliflarni ustida ishlash, vatandoshlar bilan ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid