O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarish uchun vazirliklar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi janoblari bilan telefon orqali muloqot qilganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – Kengayib borayotgan aloqalarimizni yanada yuqori natijalarga olib chiqish yo‘llarini atroflicha muhokama qildik".
Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarish uchun vazirliklar jamoalari yaqindan hamkorlik qilishiga kelishib olindi.
Qayd etilishicha, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish ustuvor vazifa sanaladi. Kun tartibi bo‘lajak tadbirlar jadvali, mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorlik va dolzarb xalqaro masalalarni qamrab oldi.
Mavzuga oid
17:14
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
22:37 / 04.11.2024
Yaponiya harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
22:55 / 02.11.2024
Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi
21:11 / 02.11.2024