O‘zbekiston | 17:03 / 16.11.2024
2224
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bo‘zatov tumani hokimi bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumaniga Botirbek Ubbiniyazov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges xabar berdi.

16 noyabr kuni xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatladi.

Ubbiniyazov bugungi kunga qadar Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Bo‘zatov tumaniga 2022 yil mart oyidan beri Kamol Allaniyazov hokimlik qilgan.

Mavzuga oid