O‘zbekiston parlamenti a’zolari Bokuda o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti a’zolari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, konferensiya doirasida iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish va ularga moslashuv jarayonlarini moliyalashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan qator forumlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Senat Raisi T.Norboyeva ham forumda o‘z nutqi bilan ishtirok etib, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qator tashabbuslar ilgari surilayotganini, dunyo hamjamiyatini bir bo‘lishga chorlovchi xalqaro takliflar bildirilganini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Jumladan, O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli dengizga chiqish imkoniyati yo‘q davlat hisoblanishini e’tiborga olib, Shavkat Mirziyoyev SOR29 sammitidagi nutqida dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda BMTning innovatsion agrosanoat xabini yaratish tashabbusini ilgari surdi.
T.Norboyeva ham o‘z nutqida bu yo‘nalishda barcha parlamentlar qonunchilik sohasida o‘zaro tajriba almashishlari muhim ahamiyat kasb etishi, parlamentlarning ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, yoshlar parlamentlari o‘rtasida muntazam hamkorligini ta’minlash zarur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va hukumatlarga taqdim etish amaliyotini keng joriy etish maqsadga muvofiq ekanligi bildirilgan.
Mavzuga oid
22:55 / 16.11.2024
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda ishtirokini davom ettiradi - Tanzila Norboyeva
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024