O‘zbekiston | 08:51
1261
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Jomboy hamda Oqdaryo tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Urgut va Samarqand tumanlarida faoliyat yurituvchi YaTT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulangan. Natijada jami 230 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgan

Shuningdek, Jomboy tumanidagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda, 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid