HAMAS garovdagi bir qancha isroillikni ozod qilishga tayyorligini bildirdi
Oxirgi kunlarda Qatarda HAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar olib borilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvni 20 yanvar, AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi kunigacha tuzmoqchi.
Falastinning HAMAS guruhi Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv doirasida garovdagi 34 nafar isroillikni ozod qilishga tayyor va ularning ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda harakat vakillaridan biriga asoslanib Reuters xabar berdi.
Qayd etishilishicha, har qanday bitim Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuvga erishish, shuningdek, o‘t ochishni vaqtinchalik emas, balki doimiy to‘xtatishga bog‘liq bo‘ladi.
Keyinroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu idorasi HAMAS guruhidan garovga olinganlarning bunday ro‘yxatini olmaganini ma’lum qildi.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, unda ro‘yxatning nusxasi bor, lekin ismlar oshkor etilmaydi.
The Times of Israel nashrining yozishicha, uch bosqichli ehtimoliy kelishuvning birinchi bosqichida 23 nafar ayol, shuningdek, og‘ir ahvolda deb hisoblangan 50 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar erkak ozod etilishi mumkin.
OAV xabarlariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Qatarda HAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar olib borilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvni 20 yanvar, AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi kunigacha tuzmoqchi.
2023 yil oktyabr oyida HAMAS va Isroil o‘rtasida yangi urush boshlanganidan beri falastin guruhi 250 nafardan ortiq isroillikni garovga oldi. Ularning yuzga yaqini hamon G‘azo sektorida asirlikda qolmoqda. Ularning uchdan bir qismi o‘lgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:46 / 06.01.2025
OAV: Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi
15:52 / 03.01.2025
Isroilning G‘azo markaziy qismiga aviazarbasida 13 kishi halok bo‘ldi
14:22 / 03.01.2025
Isroil armiyasi: 2023 yil 7 oktyabrdan beri 28 harbiy o‘z joniga qasd qildi
11:55 / 03.01.2025