Naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 19,2 foizgacha kamaydi – Markaziy bank
2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 19,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga kamaygan. Muomalaga chiqarilgan banknotlarning umumiy soni esa 152 mln donaga yetgan.
Markaziy bank tomonidan 2024 yilda muomalaga qo‘shimcha 10,3 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan. Bu haqda regulyatorning "Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhi"da keltirilgan.
2025 yil 1 yanvar holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 19,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foiz bandga kamaygan.
2024 yil davomida Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha naqd pullarning (yangi namunadagi) muomalaga chiqarilishi natijasida banknotlar umumiy soni 152 mln donaga ko‘paydi. O‘z navbatida, muomaladagi naqd pullar tarkibida ularning miqdori bo‘yicha 200 000 so‘mlik banknotlar ulushi 2024 yilda – 18,6 foizdan 23,4 foizga, 20 000 so‘mlikning ulushi – 4,4 foizdan 6,7 foizga yetgan bo‘lsa, 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi – 42,5 foizdan 40,9 foizga, 50 000 so‘mlikning ulushi – 20,5 foizdan 16,6 foizga kamaydi.
Naqd pul muomalasini tashkil etishda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida muomaladagi eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich qaytarib olish va ularni yangilari bilan almashtirish choralari ko‘rilgan. Natijada, 5 000 so‘mlik banknotlar tarkibida eski namunadagi banknotlar miqdori 2023 yildagi 67 foizdan 2024 yilda 25 foizga, 10 000 so‘mlik banknotlarda – 64 foizdan 24 foizga, 50 000 so‘mlik banknotlarda – 61 foizdan 25 foizga va 100 000 so‘mlik banknotlarda – 39 foizdan 18 foizga qisqargan.
Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pulli xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2024 yil davomida qo‘shimcha 54,5 mlrd so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilgan hamda ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog‘i 0,3 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:40
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan – Markaziy bank so‘rovnomasi
23:28 / 11.01.2025
Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi va uchta moliya tashkilotini jarimaga tortdi
12:00 / 09.01.2025
Plastik kartalar sonini cheklash: maqsad va oqibatlar haqida mutaxassis fikri
16:01 / 07.01.2025