Iqtisodiyot | 13:40
1753
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan – Markaziy bank so‘rovnomasi

Dekabr oyida O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflatsiya 14,7 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasida qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda benzin va boshqa yonilg‘i narxlari yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan. Oy davomida elektr va tabiiy gaz, meva-sabzavotlar hamda tuxum narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ham ko‘paygan.

Foto: Getty Images

Markaziy bank dekabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi oid so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi

Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14,7 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri (18,3 foiz) va Farg‘ona viloyatida (17,1 foiz), eng past darajasi esa Xorazm (12,8 foiz) va Andijon viloyatlarida (12,2 foiz) sezilgan.

So‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda benzin va yoqilg‘i narxi yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan.

Shuningdek, oy davomida elektr va tabiiy gaz (45 foiz), meva-sabzavotlar (33 foiz) va tuxum (29 foiz) narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ko‘paygan.

Daromadlari 2 mln so‘mgacha va 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 mln so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 18,4 foizni tashkil qilgan.

Avvalroq, dekabr oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,8 foizni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘tgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya o‘rtasidagi farq 4,9 foiz bo‘lgan.

Mavzuga oid