Xitoy avtosalonining eng antiqa va zamonaviy avtomobillari
Pekin avtosaloni – alohida bir olam. Ko‘rgazmada ishtirok etgan kishi ajabtovur mashinalar bilan bir qatorda g‘alati nusxalarni uchratishi mumkin.
O‘ziga xos avtomobillar ko‘rgazmada oz emas. Biroq mashhur rusumlarga o‘xshatib ishlangan mashinalarning oldidan odam uzilmaydi. Xitoyliklarning odati shunday: muayyan ko‘rinishga ega avtomobil odamlarga yoqdimi, unda shuni ularga taqdim etish kerak.
BJ markasi, aytib o‘tganimizday, Mercedes-Benz G-sinf va Amerikaning Jeep avtomobilidan ko‘chirilgan rusumdir. To‘g‘ri, xromlangan oyna singari mayda-chuyda elementlar qo‘shilgan. Hawtai krossoveri esa bir necha yil avval chiqarilgan Hyundai Santa-Fening takrori demasak, Janubiy Koreyaliklar ranjiydi.
Bu esa Ranz RF-EA1 rusumi. Improvizatsiya atashingiz mumkin.
Xitoyning ayrim avtomobilsozlik kompaniyalari asl nusxani sezilmay qolguncha o‘zgartirishni ma'qul ko‘rishadi. Bunga Ikkinchi jahon urushi yillari mashinasi G-Pattonni misol keltiramiz. Vahimali qiyofasiga qaramasdan zirhi yo‘q.
Bu esa OED Powertrain kompaniyasi logotipidir. Tanish-a?
Osmonosti mamlakatining Hongqi markasi davlat rahbariyati uchun avtomobil ishlab chiqaradi. Hongqi “qizil bayroq” ma'nosini bildiradi. Oliy rutbali amaldorlar yuradigan Hongqi markasining uch rusumi ko‘rgazmada namoyish etildi: L5, L7 va L9.
Hongqi retro uslubni eslatsa, Roewe Vision-R kelajakni yodga soladi. Xitoy sportkari dizayni, umuman olganda, yomon emas. Uning asosida Buick LaCrosse platformasi yotibdi.
Xitoyning manaman degan markalaridan yana biri Chery FV2030 nishona nusxasini taqdim etdi. Dizaynerlar aytishicha, kelajak krossoverlari shunday qiyofali va avtonom boshqaruvli bo‘lar ekan.
Ko‘rgazmadan tergan avtomobillarimiz safini xitoyliklar Aston Martin bilan hamkorlikda yasagan LeSEE avtonom avtomobili yakunlaydi. Mashina birinchi navbatda Tesla Model S bilan raqobatga kirishish maqsadida yasalgan. Ular bu haqda aytib o‘tdi, qolaversa, musobaqalashishga xitoyliklarning salohiyati ham yetarli.
Manba: carzone.uz
Mavzuga oid
13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
08:50 / 12.07.2024