Sverdlovskda yuz bergan yong‘in tufayli 9 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi turar joy binosida chiqqan yong‘in 9 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Yong‘in Yekaterinburg shahridan 100 km masofada joylashgan Suxoy Log shahridagi Kayukov ko‘chasidagi xususiy uyda ro‘y bergan. FVV ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 00:19da boshlangan va 100 kv m maydonni qamragan.
Yong‘in hududida 21 nafar o‘t o‘chiruvchi va 4ta maxsus texnika ish olib borgan. Yong‘inni butunlay bartaraf etish uchun 2 soatdan ortiq vaqt sarflangan, soat 2:31da yong‘in manbasida olov o‘chirilgan. Hududda bo‘lgan bir kishi qutqarib qolingan, u tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109 moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024