Jahon | 12:05 / 05.07.2016
8407
1 daqiqa o‘qiladi

Brexit oltinni qimmatlashtirmoqda

Buyuk Britaniya YeIni tark etgach, turli mamlakatlar markaziy banklari pul siyosatini yumshatishiga oid taxminlar, 5 iyul kungi birja savdolarida oltin narxi qimmatlashuviga olib keldi. Savdolar natijalari shunday deyishga asos bo‘lmoqda. 

Xususan, Nyu Yorkning Comex birjasida avgust oyi fyucher savdosida bir troya untsiyasi vaznidagi oltin 6,50 dollarga yoki 0,49 foizga qimmatlashib, 1345,7 dollarga yetgan. Sentyabr oyi uchun kumush fyuchersi esa, 2,21 foizga ko‘tarilib, 20,02 dollarni tashkil etgan.

Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan jahon markaziy banklari pul siyosatini yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Jumladan, 30 iyun kuni Angliya banki rahbari Mark Karni, moliya muassasasi pul-kredit siyosatini o‘zgartirishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. 

Pul siyosatida, foiz stavkalarining pasaytirilishi o‘z navbatida oltin va kumush narxining o‘sishiga olib kelmoqda. 

 

Foto:© RIA

Mavzuga oid