Jamiyat | 12:26 / 14.07.2016
12122
2 daqiqa o‘qiladi

«Minor» futbol jamoasi musobaqaga tayyor

Foto: vakillik.uz

Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida “Mustaqilligimizning 25 yilligi” munosabati bilan O‘MI tizimidagi muassasalar jamoalari o‘rtasida navbatdagi futbol musobaqasini boshlash uchun yordamchi hakamlar va guruh sardorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tganligi haqida muslim.uz portali xabar berib o‘tgan edi. 

Mazkur turnir oldidan O‘MI Toshkent shahar vakilligida Toshkent shahar imomlaridan iborat "Minor" jamoasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda jamoa boshlig‘i Anvar qori Tursunov jamoa a'zolariga yangi musobaqa oldidan zafarlar tilab, yanada katta mas'uliyat bilan jamoa sharafini himoya qilishga chaqirdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilarga musobaqa uchun maxsus tayyorlangan liboslar taqdim etildi. Ko‘rsatilayotgan e'tibor va shart-sharoitlardan mamnun bo‘lgan imom-xatiblar bu safargi turnirda ham g‘oliblik maqomini saqlab qolishga astoydil harakat qilishlarini bildirdilar. Eslatib o‘tamiz, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan avvalgi turnirda "Minor" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 

Musobaqaning 1-tur o‘yinlari joriy yil 15 iyul kuni soat 19:00 da boshlanib, unda "Minor" jamoasi “Do‘stlik” jamoasi bilan to‘qnash keladi.

O‘MI Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati / Vakillik.uz

Mavzuga oid