Sport | 12:05 / 21.08.2016
18184
1 daqiqa o‘qiladi

Konor MakGregor Neyt Diasni mag‘lub etib, revansh oldi

20 avgust oqshomida Las-Vegasda (AQSh) aralash qoidalar jangi bo‘yicha UFC 202 turniri o‘tkazildi.

Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor ishtirokida bo‘lib o‘tdi. U amerikalik Neyt Diasga qarshi revansh jangida ishtirok etdi.

5 raund davom etgan jangda Konor Makgregor raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi - 48-47, 47-47, 48-47.

Bu bilan mart oyida o‘tkazilgan birinchi jangdagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. O‘shanda Konor Makgregor ikkinchi raunddayoq taslim bo‘lgandi.

Jang yakunlanganidan so‘ng Makgregor “Qirol qaytdi!” deya xitob qildi. Hakamlarning xulosasidan norozi bo‘lgan Dias esa Konorni uchinchi hal qiluvchi jangga chorladi.

Mavzuga oid