Shumaxerning “Formula-1”dagi debyutiga 25 yil bo‘ldi
1991 yilning 23 avgustida Belgiyaning “Spa-Frankorsham” trassasida u paytlar katta ahamiyat kasb etmagan, biroq kelgusida sport olamida muhim o‘rin tutgan hodisa yuz berdi: Eddi Jordan jamoasining yashil bolidi ruliga yosh nemis poygachisi Mixael Shumaxer o‘tiradi.
Gasho hibsga olinadi
22 yoshli Mixaelning debyuti bir necha voqealar sabab amalga oshgan, ulardan biri kriminal bilan bog‘liq: Belgiya Gran-prisiga sakkiz oy qolganda “Formula-1” jamoasining asosiy poygachisi Bertran Gasho dugonasining “Alfa Romeo”sida London taksisi bilan to‘qnashib ketgan. Ziddiyat davomida Gasho gaz ballonchasini olib, taksichining yuziga qarata sepgan va buning natijasida sud oldida javob bergan. Gaz ballonini noqonuniy olib yurgani uchun u 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan va taksi haydovchisiga hujum qilgani uchun qo‘shimcha 18 oy belgilangan. Sudning so‘nggi qarori poygaga bir hafta qolganda e'lon qilingan va jamoaning egasi Eddi Jordan qiyin vaziyatda qolgan: endi u Gashoning o‘rniga tayinli poygachini topishi lozim edi.
“Mersedes”ning pullari
1991 yilda “Jordan” “Formula-1”da birinchi mavsumni o‘tkazayotgandi, jamoaning kuchli homiylari yo‘qligi sabab rahbariyat puli bor sportchini izlashga qaror qildi. Dastlab nomzodlar ro‘yxatidan Derek Uorik, Keke Rosberg va Stefan Yoxansonlar o‘rin olishdi, ammo tez orada “Mersedes”ning odamlari Jordan bilan aloqaga chiqib, ular o‘z nomzodi uchun 150 000 funt sterling taklif qilishdi. U paytlar nemis konserni “Formula-1”da tanishtirilmagan, lekin “Ts” guruh sportotiplari poygasida qatnashgan bo‘lgan – aynan shu “Ts” seriyada kompaniyaning eng yaxshi yosh ishtirokchilari (Xaynts-Xarald Frenttsen, Karl Vendlinger va Mixael Shumaxer) ishtirok etishgan. “Jordan”da o‘zini ko‘rsatish imkoni Shumaxerga taqdim qilindi.
Belgiya Gran-prisiga to‘rt kun qolganda Mixael yangi jamoa bilan Silverstounda qisqa sinovlar o‘tkazgan.
“U trassani bor-yo‘g‘i 20 marta aylanib chiqqan bo‘lsa-da, vaqt bo‘yicha eng yaxshi natijani ko‘rsatdi”, - deya so‘zlaydi konstruktor Geri Anderson. – “Uning mashinani nazorat qilishi barchada katta taassurot qoldirgan. O‘shanda u bor kuchi bilan mutloq tezlikda harakat qilgandi”.
Yuksak iste'dod
“Jordan”da ularga juda yaxshi poygachi qo‘shilganini tezda anglab yetishdi, Belgiya trassasida ishonchli ishtirokiga esa Shumaxerning qadrdon nemis shahri Kerpenning trassa yaqinida joylashgani ham sabab bo‘lgan.
Payshanba kuni Gran-pri oldidan Mixael velosipedda trek bilan tanishib chiqdi. Juma kuni esa ajoyib voqealar sodir bo‘la boshladi.
“Jordan”da dastlab texnik nosozliklar sodir bo‘lgan va jamoa nemis yigitiga tajriba uchun Andrea de Chezarisning birinchi raqamli bolidni berishga qaror qilgan. Italiyalikning mashinasi ham mukammal bo‘lmagan – Chezaris “Blanshimon” burililishida avtomobilning orqa qismi haddan tashqari asabiylasha boshlashi haqida ogoh qilgan.
Shumaxer hattoki pedallari ham tayyorlanmagan mashina boshqaruviga o‘tirdi va vaqt jihatidan sherigidan o‘zib ketdi. U “Blanshimon”dan yuqori tezlikda o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
“Jordan” bilan vidolashuv
Saralash jarayonida Mixael yettinchi natijani qayd etgan (Chezaris 11-o‘rinni), mashqda esa to‘rtinchi bo‘lgan. Biroq startda Shumaxerning mashinasida texnik nosozlik kuzatiladi va poyganing birinchi aylanasidan keyin Shumaxer uchun musobaqa tugaydi. Chezaris yaxshi ishtirok etadi va ikkinchi o‘ringa yaqin keladi, biroq motorning ishdan chiqishi tufayli finishga uch aylana qolganda o‘yindan chiqishga majbur bo‘ladi.
“O‘sha kuni Chezaris juda yaxshi qatnashdi va o‘ylashimcha, bunda sherigiga turtki bergan Mixaelning ham hissasi bor”, - deydi “Jordon” jamoasining sobiq muhandisi Trevor Foster. “Agar Shumaxerning mashinasida nosozlik bo‘lmaganida u marraga yetib kelardi”.
Shumaxer paydo bo‘lishi bilan Chezaris haqiqatdan ham faollashdi. Gran-pridan keyin italiyalik o‘zining qamoqdagi do‘sti Gashoga shunday deb yozadi: “Yangi yigitga kelsak – xavotir olma! Keyingi poygada ungacha yetib olaman!”
Biroq yetib olishning uddasidan chiqmaydi – bir yarim hafta o‘tib, dunyo ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi: “Benetton” jamoasi Shumaxerga qiziqib qoldi, “F-1” promouteri Berni Ekklstoun yosh nemis yigitining Germaniyaga oltin olib kelishi mumkinligini anglab yetadi. Ekklstoun va Briatore Mixaelni Jordandan tortib olishga muvaffaq bo‘lishdi, zero jamoa u bilan og‘zaki shartnoma tuzgandi, buni tasdiqlovchi hech qanday yozma dalillar bo‘lmagan.
Italiya Gran-prisiga ozgina vaqt qolganda Jordan Enstoundan faks oladi: “Qadrli, Eddi. Afsus bilan shuni ma'lum qilamanki, sizning keyingi poygalarda ishtirok etish to‘g‘risidagi taklifingizni qabul qila olmayman. Hurmat bilan, Mixael”.
Bir yildan so‘ng Shumaxer “Benetton”da o‘z faoliyatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, 1994 yilda esa ingliz-italyan kompaniyasi bilan birinchi chempionlik unvonigacha erishdi.
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13:32 / 08.09.2022
Buxoroda birinchi Bukhara night race xalqaro poyga turniri o‘tkaziladi
07:25 / 12.04.2022