Jamiyat | 09:11 / 31.08.2016
11051
2 daqiqa o‘qiladi

82 yoshli bobo nabirasi bilan bir kollejga o‘qishga kirdi

AQShning Texas shtatida yashovchi 82 yoshli Rene Neyra va uning 18 yoshli qiz nabirasi Melani Salazar OAV va ijtimoiy tarmoqlar qahramonlariga aylandilar: bobo va nabira bir kollejga o‘qishga kirdilar. Bu haqda Yahoo!News yozmoqda.

Melani tvitterda bobosi bilan birga o‘qishini ma'lum qilgan. "Men o‘z bobom bilan faxrlanaman!", deb yozgan qiz. Uning bu tviti tezda mashhurlashib ketib, unga minglab layklar va repostlar qilindi. "80 – bu yangi 40!", deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Rene va Melani voqeasi jahon onlayn-OAVni qiziqtirib qoldi. Ularning 27 avgustda Palo-Alto kollejida boshlagan o‘qishlarining birinchi kunlari haqida BuzzFeed, ABC News va Huffington Post kabi onlayn-nashrlar maqola yozdi. Bundan tashqari, bobo va nabira Good Morning America teleshousiga taklif qilindilar.

Yahoo!News’ning ma'lum qilishicha, nabira erkin san'atlardan, bobosi esa iqtisodiyotdan ta'lim oladi. Bobo kollejni bitirgach, Texas unirvesitetiga o‘qishga kirmoqchi.

Melanining aytishicha, bobosining namunasi uni yaxshi o‘qishga undaydi va ilhomlantiradi. "Agar u buni qila olsa, men ham qila olishimni bilaman", deb aytmoqda qiz.

Mavzuga oid