Fan-texnika | 14:15 / 31.08.2016
5037
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: xakerlar SWIFT tizimiga yana hujum qilmoqda

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi SWIFT rahbariyati xakerlarning tizim mijozlari bo‘lgan banklarga hujum qilayotgani haqida xabar qilmoqda, deb yozgan Reuters agentligi.

SWIFT vakillarining mijozlariga yo‘llagan xususiy maktublarda ma'lum qilishlaricha, xakerlar shu yilning iyun oyidan buyon banklarning mablag‘larini o‘g‘irlashga urinishmoqda. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Xabar qilinishicha, tizim buzilgan va doimiy ravishda tahdidga uchramoqda. Shunga qaramay, o‘g‘irlangan mablag‘ va hujumdan zarar ko‘rgan banklarga oydinlik kiritilmagan. 

Maktubda yozilishicha, xakerlar, tizimdagi nuqsondan foydalanib, uning yordamida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi bo‘yicha ayyorona so‘rovlar yuborishgan. SWIFT shuningdek, Bangladesh Markaziy bankidan katta miqdorda mablag‘ o‘marilgach, banklarni kiberxavfsizlikni oshirishga chaqirgan. 

Teglar:

Mavzuga oid